Bosh sahifa

OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTISOATLARINI KASBIY STAJ SIFATIDA HISOBGA OLISHNING PEDAGOGIKIMKONIYATLARI

ID: GEN-2026-042DOI 10.5281/zenodo.19044281CC-BY-4.0

Authors (1)

Received

Received

Revised

Revised

Accepted

Accepted

Published

March 16, 2026

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish amaliyotining talabalarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ishlab chiqarish amaliyoti davomida o‘tilgan mashg‘ulot soatlarini bitiruvchilar uchun dastlabki kasbiy staj sifatida hisobga olish masalasi ilmiy pedagogik jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqarish amaliyotining talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quv motivatsiyasini oshirish hamda nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritib beriladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish, uning mazmunini boyitish hamda talabalarning real ish muhiti bilan yaqindan tanishishiga sharoit yaratish zarurligi asoslab beriladi. Muallif tomonidan ishlab chiqarish amaliyotini yanada samarali tashkil etish orqali talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda amaliyot soatlarini kasbiy staj sifatida hisobga olish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Mazkur yondashuv bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvini osonlashtirish hamda ularning bandligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Keywords

Original

Ishlab chiqarish amaliyotikasbiy stajoliy ta’limkasbiy kompetensiyaamaliy ta’limtalaba motivatsiyasibitiruvchilar bandligikasbiy tajribamehnat bozorita’lim samaradorligi

Cite this article

qizi, A.Z.M. (2026). OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTISOATLARINI KASBIY STAJ SIFATIDA HISOBGA OLISHNING PEDAGOGIKIMKONIYATLARI. Research and Publications. https://doi.org/10.5281/zenodo.19044281

References

  1. [1]UNESCO-UNEVOC. Improving Work-Based Learning (WBL) Programmes for Young People in the South Mediterranean Region: Regional Guidelines. Bonn: UNESCO UNEVOC, 2021. 92 2-SON 1-JILD MART 2026 – YIL 1-QISM ISSN 2181-2160 JIFactor: 9.10 TA’LIM FIDOYILARI
  2. [2]International Labour Organization (ILO). Global Employment Trends for Youth 2024. Geneva: ILO, 2024.
  3. [3]Muslimov N.A. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
  4. [4]Qo‘ysinov O.A. Ta’lim jarayonini tashkil etish metodikasi. – Toshkent, 2021.
  5. [5]Kolb D.A. Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development. 2nd ed. Boston: Pearson Education, 2015.